top of page
Dividend nima va u qanday to’lanadi?

Dividend nima va u qanday to’lanadi?

#termin

3 min

20/02/24, 11:43

1/3 Bitcoin
Ulashish:

Dividend - bu kompaniyaning daromadlarini uning aktsiyadorlari o'rtasida taqsimlangan qism.

Jamiyat  direktorlar kengashi  tomonidan belgilanadi . Dividentlar ko’pincha har chorakda taqsimlanadi va naqd pul yoki qayta investitsiya qilish shaklida to'lanishi mumkin.


‘’Aksiyadorlik jamiyati va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi qonunga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’ridagi 370-son qonunga ko’ra;


Dividend jamiyat sof foydasining aksiyadorlar o‘rtasida taqsimlanadigan qismi hisoblanadi. Dividend aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi qaroriga ko‘ra pul mablag‘lari yoki boshqa qonuniy to‘lov vositalari yoxud jamiyatning qimmatli qog‘ozlari bilan to‘lanishi mumkinligi aytib o’tilgan.

Agar jamiyat o’z aksiyonerlariga dividend to’lashni e’lon qilgan bo’lsa, ularni to’lashi shart. Imtiyozli aksiya egalari dividendlarni qimmatli qog’oz shaklida olishmaydi. Balki pul mablag’lari yoki boshqa to’lov vositalariga asosan olishadi. Dividend aksiyadorlar o‘rtasida ularga tegishli aksiyalarning soni va turiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.


Jamiyat direktorlar kengashida dividendlarni taqsimlashni belgilashadi. Odatda dividendlar moliyaviy yilning birinchi choragi, yarim yilligi, to‘qqiz oyi natijalariga ko‘ra aksiyalar bo‘yicha dividendlar to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qilishadi.


Korporativ daromadni tegishli aksiyadorlarga taqsimlash vositasi hisoblangan dividendlar jamiyatning jamiyat tasarrufida qoladigan sof foydasidan yoki o‘tgan yillarning taqsimlanmagan foydasidan to‘lanadi.


Dividendlarni to‘lash muddati va tartibi jamiyatning ustavida yoki aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi qarorida belgilansada, ularni to‘lash muddati qaror qabul qilingan kundan e’tiboran oltmish kundan kech bo‘lmasligi lozim.


Dividendlarni to‘lash chog‘ida birinchi navbatda imtiyozli aksiyalar bo‘yicha, so‘ngra oddiy aksiyalar bo‘yicha dividendlar to‘lanadi.

Shunindek o’qing: Qimmatli qog’oz nima?

Maqolani ulashing:

deskera.com

O'xshash yangiliklar

O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi (UZEX) domain.uzex.uz platformasini ishga tushirib, ".UZ" domenlarini onlayn auksion orqali sotishni tashkil qildi. Buning qanday afzaligi bor?

Domenlarni sotish va sotib olishning qanday afzalliklari bor?
#termin

17/12/24

Yangiliklarni o’qish jarayonida ikki atamaga, taqvim yili va moliyaviy yil tushunchalariga ko’p duch kelinadi. Bu ikki atamani bir-biridan farqini bilish zarur.

Moliya yili va kalendar yilining bir-biridan farqi nimada?
#termin

08/05/24

Ochiq aksiyadorlik jamiyati - qatnashchilari o‘zlariga tegishli aksiyalarini o‘zga aksiyadorlarning roziligisiz boshqa shaxslarga berishi mumkin bo‘lgan aksiyadorlik jamiyati.

Yopiq aksiyadorlik jamiyati - aksiyalari faqat o‘z muassislari yoki oldindan belgilangan doiradagi shaxslar orasida taqsimlanadigan aksiyadorlik jamiyati.

Ochiq aksiyadorlik jamiyati va yopiq aksiyadorlik jamiyati farqi nimada?
#termin

29/04/24

NASDAQ - dunyodagi eng yirik elektron fond birjalaridan biri hisoblanadi. Market kapitlalashuvi esa  $19 trillionni tashkil qiladi.

Nasdaq fond birjasi nima?
#fond bozorlari, #termin

31/03/24

Aksiya narxi har doim ham kompaniya sifatini ko’rsatmaydi. Ammo qiymati baland bo’lgan aksiyalar haqida bilib olish har bir investor uchun foydali bo’ladi.

Dunyoning eng qimmat 10 ta aksiyalari
#termin

26/03/24

Mamlakatning markaziy banki iqtisodiyotni boshqarish uchun vaqti-vaqti bilan foiz stavkalarini moslashtiradi.

Iqtisodiyotda yumshoq qo'nish va qattiq qo'nish nima?
#termin

23/03/24

bottom of page