Ayiq bozori nima?

Ayiq bozori nima?
#termin
2 min
23/02/24, 12:33

Ulashish:
Ayiq bozori - bu narxlarning tushishi kutilayotgan bozor holatidir. Odatda, bu qimmatli qog'ozlar yoki indekslarning oldingi ko'rsatkichlariga qaraganda 20% va undan pasayib ketishiga aytiladi.
Ayiq bozorlari ko'pincha S&P 500 kabi umumiy bozor yoki indeksdagi pasayish bilan bog'liq.
Ammo alohida qimmatli qog'ozlar yoki tovarlarda ham uzoq vaqt davomida 20% yoki undan ko'proq pasayish kuzatilsa bu ham ayiq bozori hisoblanishi mumkin. Odatda ikki oy yoki undan ko'proq vaqt davom etadi.
Ayiq bozorlari davriy yoki uzoq muddatli bo'lishi mumkin. Birinchisi bir necha hafta yoki bir necha oy davom etadi. Ikkinchisi esa bir necha yil yoki, hatto, o'nlab yillar davom etishi mumkin.
Qisqa sotuvlar, sotish optsionlari va teskari ETFlar ayiq bozorida narxlarning pasayishi bilan investorlar pul ishlashlari mumkin bo'lgan ba'zi usullardir.
Ayiq bozorining sabablari har xil. Zaif yoki sekinlashuvchi iqtisodiyot, bozor pufakchalari, pandemiyalar, urushlar, geosiyosiy inqirozlar va iqtisodiyotdagi keskin paradigma o'zgarishlar, masalan, onlayn iqtisodiyotga o'tish kabilarning barchasi uni yuzaga kelishidagi omillardir. Zaif yoki sekinlashayotgan iqtisodiyot belgilari bu past bandlik darajasi, past daromad, zaif mahsuldorlik va biznes foydasining pasayishi hisoblanadi. Bundan tashqari, hukumatning iqtisodiyotga har qanday aralashuvi ham ayiq bozorini qo'zg'atishi mumkin.
Soliq stavkasi yoki federal mablag'lar stavkasidagi o'zgarishlar ham ayiq bozoriga olib kelishi mumkin. Xuddi shunday, investor ishonchining pasayishi ham ayiq bozorining boshlanishiga sabab bo’la oladi. Investorlar biror narsa sodir bo'lishiga ishonishganda, ular harakatga kirishadilar va yo'qotishlarni oldini olish uchun aksiyalarni sotadilar.
Qo'shma Shtatlardagi so'nggi uzoq muddatli ayiq bozori 2007 va 2009 yillarda moliyaviy inqiroz
davrida sodir bo'lgan va taxminan 17 oy davom etgan. Bu vaqt ichida S&P 500 o'z qiymatining 50 foizini yo'qotgan.
O'xshash yangiliklar
Ochiq aksiyadorlik jamiyati - qatnashchilari o‘zlariga tegishli aksiyalarini o‘zga aksiyadorlarning roziligisiz boshqa shaxslarga berishi mumkin bo‘lgan aksiyadorlik jamiyati.
Yopiq aksiyadorlik jamiyati - aksiyalari faqat o‘z muassislari yoki oldindan belgilangan doiradagi shaxslar orasida taqsimlanadigan aksiyadorlik jamiyati.
Ochiq aksiyadorlik jamiyati va yopiq aksiyadorlik jamiyati farqi nimada?
#termin
29/04/24