Asosiy stavka nima?

Asosiy stavka nima?
#termin
3 min
26/02/24, 11:14

Ulashish:
Asosiy stavka - Markaziy bank va tijorat banklari o’rtasida yuqori kredit reytingiga ega bo'lgan bank mijozlarga kreditlar va boshqa moliyaviy mahsulotlar belgilashda minimal foiz stavkasi hisoblanadi.
Asosiy stavka Markaziy bankning yilllik inflatsiya darajasini belgilashdagi pul-kredit siyosatini yuritishning asosiy instrumenti bo’lib xizmat qiladi.
Ushbu stavkani o’zgartirish orqali Markaziy bank iqtisodiyotda narxlar barqarorligini ta’minlash uchun zarur bo`lgan pul-kredit sharoitlarini belgilab boradi.
Asosiy stavkaga o’zgartirish orqali Markaziy banklar milliy valyuta inflatsiyasini na’zorat qilishda ‘’richag’’ vazifasini o’taydi, shuningdek, u banklararo pul bozoridagi operatsiyalarga ta’siri orqali bank xizmatlari (deposit va kreditlar) bo’yicha foiz stavkalarning belgilanishida muhim omillardan hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi ‘’Markaziy bank to’grisida’’ qonuniga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish haqida qonun 20-moddasiga ko’ra;
Asosiy stavkani belgilash, o’zgartirish Markaziy bank vakolatiga kiradi.
Markaziy bankning 2023-yil 16-martdagi qaroriga asosan, asosiy stavka 1% pasaytirilib, hozirda asosiy stavka 14% ni tashkil qiladi.
O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2000 yildan hozirgi kungacha bo'lgan asosiy stavkasi dinamikasini Markaziy bankning veb-saytida ko'rish mumkin.
# navi.com
O'xshash yangiliklar
Ochiq aksiyadorlik jamiyati - qatnashchilari o‘zlariga tegishli aksiyalarini o‘zga aksiyadorlarning roziligisiz boshqa shaxslarga berishi mumkin bo‘lgan aksiyadorlik jamiyati.
Yopiq aksiyadorlik jamiyati - aksiyalari faqat o‘z muassislari yoki oldindan belgilangan doiradagi shaxslar orasida taqsimlanadigan aksiyadorlik jamiyati.
Ochiq aksiyadorlik jamiyati va yopiq aksiyadorlik jamiyati farqi nimada?
#termin
29/04/24