Aksiyalar va Obligatsiyalar o‘rtasidagi farq nima?

Aksiyalar va Obligatsiyalar o‘rtasidagi farq nima?
#fond bozorlari, #termin
4 daqiqa
14/10/24, 20:31

Ulashish:
Aksiya - bu kompaniyadagi mulk ulushidir. Aksiya sotib olganingizda, siz o‘sha korxonaning kichik bir qismiga egalik qilasiz. Agar kompaniya yaxshi rivojlansa, aksiyalaringiz qiymati oshishi mumkin. Ba’zi kompaniyalar esa aksiyadorlarga foyda ulushini - dividend to‘lovlarni ham beradi.
Obligatsiya - bu qarz tilxatidir. Obligatsiya sotib olganingizda, siz kompaniya yoki davlatga ma’lum muddatga pul qarz berasiz. Ular esa sizga bu pulni foizi bilan qaytarishga va’da beradi.
Aksiyalar orqali kompaniyaning kichik bo‘lagiga egalik qilinadi. Aksiyador kompaniyaga doir qarorlar qabul qilishda ovoz berish huquqiga ega bo‘ladi.Obligatsiyalar orqali kreditor kompaniyani boshqarishda ishtirok eta olmasa-da, bergan qarzi evaziga foiz ko‘rinishda daromad oladi.
Aksiyalar nisbatan xavfi yuqoriroq investitsiya hisoblanadi. Aksiyador aksiyalar o‘sishidan kapital daromad va dividend to‘lovlarini olishi mumkin. Obligatsiyalar nisbatan xavfsiz sarmoya bo‘lib, aksiyalarga nisbatan obligatsiyalar narxi vaqtlar o‘tib deyarli o‘zgarmaydi.
Oddiy aksiyalarda daromad olish kafolatlanmagan bo‘ladi. Aksiya narxi ko‘tarilganda yoki kompaniya dividend to‘laganda foyda olinadi. Obligatsiyalar esa belgilangan foiz stavkasi bo‘yicha qat’iy daromad olinadi.
Aksiyalarga egalik qilish muddati cheklanmagan bo‘ladi. Obligatsiyalar esa odatda aniq muddatlar belgilangan bo‘ladi. Ushbu muddat o‘tganidan keyin obligatsiyani qaytarib berish kerak bo‘ladi.