‘’Gemeni Ai’’dagi nosozliklar Google aksiyalariga qanday ta’sir qilishi mumkin

‘’Gemeni Ai’’dagi nosozliklar Google aksiyalariga qanday ta’sir qilishi mumkin
#tahlil
4 min
04/03/24, 10:42

Ulashish:
Google o’zining Gemini AI (sun’iy intelekt) ni tuzatish ustida ishlamoqda. Bu haqida kompaniya bosh direktor (CEO) Sundar Pichai xabar qilgan edi.
Sundar Pichai dasturiy ta’minot xodimlariga Gemeni sun’iy intellekti tomonidan yaratilgan matn va rasm javoblarining ba’zilari noto’gri, umuman haqiqatga to’gri kelib bo’lmaydigan ma’lumotlar berayotganligidan xavotir bildirdi.
O’tgan haftada Gemeni tomonidan chiqarilgan ba’zi tarixiy rasmlarning noaniqligidan keyin, Gemini vaqtinchalik inson tasviri bilan bog’liq operatsiyalarni amalga oshirmayotgan edi. Sundar Pichai va uning jamosi bu kabi kamchiliklani oldini olish uchun harakat qilishmoqda.
"Bizning jamoalarimiz ushbu muammolarni hal qilish uchun kechayu kunduz ishlamoqda. Biz allaqachon bir necha takliflar asosida sezilarli yaxshilanishni amalga oshirdik ‘’ deb qo’shimcha qildi Google bosh direktori.
Endi kompaniya yaqin bir necha hafta ichida Gemini AI-ni qayta ishga tushirishni reja qilmoqda.
OpenAi kompaniyasi tomoinidan chiqarilgan ChatGPT hamda Microsoft kompaniyasining Bing suni’iy intellektlari kabi raqobat bozorida Google dastlab o’zining Bard suniiy intellektini chiqargandi. Ushbu suni’iy intellekt fevral oyi boshida Gemeniga o’zgartirilib, ko’proq funksiyalarini amalga oshirishi ko’zda tutilgandi.
Bu kabi kamchiliklar oz bo’lsada Google kompaniyasiga foydalanuvchilarning ishonchini yoqolishiga, raqobat bozorida mijozlar boshqa kompaniyalarning suni’iy intellektlaridan foydalanishiga o’tib ketishi mumkin. Bu esa o’z o’rnida Google aksiyalar narxiga ta’sir qilmay qolmaydi. O’tgan 2023-yil suni’iy intellektlarning ommalashuvi bilan alohida esda qolarli bo’ldi.
Microsoft o’zining Bing nomli suni’iy intellektini chiqarganda, ko’pchilik tomonidan iliq kutib olindi. Microsoft kompaniyasi 2023-yil 7-fevral kuni foydalanuvchilarga Bing sun’iy intellektidan foydalanishga imkoniyat berganida uning aksiyalari qiymati $260 atrofida savdo qilgandi. Shuningdek, iyul oyi o’rtalarida narx $365 gacha ko’tarildi. Microsoft kompaniyasi hozirda bozor kapitallashuvi bo’yicha $3.08 trillion daromadga erishib, Apple kompaniyasini ortda qoldirib, dunyodagi eng qimmat kompaniga aylanib oldi.
Albatda, ushbu kapitallashuvga erishishda boshqa omillarni ham hisobga olish kerak bo’lsa-da, Bing suni’iy intellektining ommalashuni ham o’rni bor. Hozirda Microsoft kompaniyasining aksiyasi NASDAQ fond birjasida $415 dan savdo qilinmoqda.
Google o’zining Bard Ai (hozirgi Gemeni) sun’iy intellektidan o’z foydalanuvchilariga 2023-yil mart oyi oxirida foydalanish imkoniyatni bergan. O’shanda har bitta Google aksiyalari $107 atrofida savdo qilinar edi. Hozirda Google dunyodagi oltinchi yirik kompaniya bo’lib, bozor kapitallashuvi $1.72 trillion dollarni tashkil qilmoqda. Bard foydalanuvchilar soni oshgani sari Google aksiylari ham yuqorilab bordi, hozirda har bitta Google aksiyalar qiymati $140 ni tashkil qilmoqda.
Photo: Google